AsosiyJamiyat

Navoiyda YPX inspektori xizmat paytida nos chekib turgani uchun ogohlantirildi

'Navoiyda YPX inspektori xizmat paytida nos chekib turgani uchun ogohlantirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Xizmat vazifasini bajarish paytida nos chekish mumkinmi?” sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB ma`lumot taqdim etdi. 

Keltirilishicha, 2021 yilning 10 iyun kuni soat taxminan 17:00lar atrofida Karmana tumanidagi Navoiy IES AJ chorrahasida Navoiy viloyati IIB YHXB YPX inspektori safdor Z.Ahmedov yoniga noma`lum fuqaro (o`zini Jahongir deb tanishtirgan) kelib, nima sababdan xizmat paytida nos chekib turganligini so`ragan. Xodim mazkur fuqaroni to`xtatmagan va unga murojaat qilmagan. Fuqaro xodim bilan bo`lgan holatni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Xodim bilan suhbat o`tkazilib, O`zbekiston Respublikasi IIVning “Odob axloq qoidalari” tegishli bandlari talablari tushuntirildi, deyiladi rasmiy izohda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar