AsosiyJamiyat

Ermulkkadastr sobiq xodimi fuqaroni uy-joyi buzilganlar ro`yxatiga kiritib qo`yish evaziga pul olayotganda qo`lga olindi

'Ermulkkadastr sobiq xodimi fuqaroni uy-joyi buzilganlar ro`yxatiga kiritib qo`yish evaziga pul olayotganda qo`lga olindi'ning rasmi

Jizzax shahrida er ajratish haqidagi hujjatlar ilovasiga fuqaroni ro`yxatga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Ermulkkadastr sobiq xodimi S.B. va boshqalar oldindan til biriktirib, Jizzax shahrida yashovchi fuqarolarning uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensasiya sifatida 6 sotixdan er ajratish to`g`risidagi hokim qaroriga ilova qilingan ro`yxatni qalbakilashtirish orqali fuqaro A.ni ro`yxatga kiritib berishni 8,5 mln so`mga kelishib, shundan muqaddam 500 ming so`mni qo`lga kiritib, qolgan 8 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar