Toshkent shahar, Bektemir tumani, “Binokor” MFY, Ziroat ko`chasidagi er usti D-57 mm past bosim gaz quvurini tartibga keltirish ishlari sababli, 2021 yil 15 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ayrim tabiiy gaz iste`molchilariga gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda Bektemir tumani hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Gaz ta`minotidan uziladigan aholi iste`molchilari:
- Ziroat ko`chasidagi 56 ta xonadon.
Ulgurji iste`molchilari:
- Ziroat ko`chasidagi 3 ta ulgurji iste`molchilar.






