Sherobod tumanida 19 may kuni soat 20.00 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning tumanning “Katta hayot” mahallasi hududida tadbir o`tkazdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu mahallada yashovchi, O`.Olimning yashash uyi va yordamchi xo`jaliklari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, yashash uyidan 3 tup “Nasha” o`simliklarini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. 21 may kuni O`.Olimga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






