AsosiyJamiyat

Beshta hokim o`zgarib, e`tibor berilmagan Bekoboddagi 3 mingdan ortiq topilmalarga ega muzey borib o`rganildi

'Beshta hokim o`zgarib, e`tibor berilmagan Bekoboddagi 3 mingdan ortiq topilmalarga ega muzey borib o`rganildi'ning rasmi

Bekobod tumani “Bog`ishamol” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 75 yoshli Davron Jo`raev o`z uyining 3 ta xonasida muzey tashkil qilganligi, muzeyda hozirda uch mingdan ziyod tarixiy topilmalar saqlanayotgani, bugungi kunda muzeyga tashrif buyuuvchilarning soni ko`payganligi bois tuman hokimiyatiga muzey tashkil qilish masalasida murojaat qilgani, ammo Davron otaning bu murojaatlari 5 yildirki, natijasiz qolayotgani xususidagi xabar sizdirildi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig`i A.Mirzaev 2021 yilning 11 iyun kuni Davron ota Jo`raevning xonadonida tashkil etilgan muzeyni borib o`rgandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

O`rganish jarayonida haqiqatdan ham xonadonda tashkil etilgan muzeyda 3000 dan ziyod muzey eksponatlari va ashyolari borligi kuzatildi.

Shuningdek ushbu muzeyni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san`at sohasining jamiyat hayotidagi o`rni va ta`sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risda”gi PF-6000-sonli Farmonining 15-bandiga asosan 2020-2025 yillar davomida bosqichma bosqich har bir tuman va shaharlarda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklida o`lkashunoslik muzeyi ko`rinishida tashkil etib Bekobod tuman Madaniyat markazi binosiga ko`chirish taklifi berildi.

    Boshqa yangiliklar