AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 36 daraja issiq bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda 36 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda xavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 31-36° atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar