Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda ona farzandini urib, sadaqa so`rashga ko`chaga chiqarganligi haqida xabar tarqaldi. Shundan so`ng holat bo`yicha tekshirish boshlgangani xabar qilingan edi. Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ayolni onalik huquqidan mahrum qilish bo`yicha ish olib blrilmoqda.
"Voyaga etmagan Qudratillo Toshpo`latovning (2014 y.t.) manfaatlarini ko`zlab, fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudiga “Onalik huquqidan mahrum qilish to`g`risida” da`vo arizasi kiritilishi ta`minlandi", - deyiladi rasmiy xabarda.






