AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalari yagona muassasa sifatida birlashtiriladi

'Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalari yagona muassasa sifatida birlashtiriladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 14 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash va kommunal xizmat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Qayd etilishicha, Prezident ko`rsatmasiga muvofiq, barcha hududlardagi onkologiya shifoxonalaridagi sharoit, davolash sifati o`rganilgan. Bunday kasalliklar bo`yicha eng ko`p murojaat Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallariga to`g`ri kelgan. Ya`ni, ularda barcha bemorlarning qariyb 37 foizi davolangan.

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklifi bildirildi. Buning natijasida salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson bo`lishining oldi olinadi.

    Boshqa yangiliklar