Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Denov tumanida saqlab qolish mumkin bo`lgan 50-70 yillik chinorlar ayovsiz kesilmoqda ekan. "Qurilish baxonasida cho`lga aylantirish navbati Denov tumaniga etib keldimi?” mazmunida murojaat e`lon qilindi.
Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Denov tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan atroflicha o`rganish ishlari olib borildi. Bu haqda Boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
O`rganish jarayonida ushbu holat Denov tumani "Yo`llardan foydalanish" unitar korxonasida ish yurituvchi lavozimida ishlab kelayotgan N.A tomonidan 2 tup chinor, 2 tup archa daraxtlarini noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesishga ruxsat berganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro N.Aga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari , ya`ni 1 225 000 so`m miqdorida ma`muriy jarima va o`simlik dunyosiga 14 577 500 so`m miqdorida zarar hisoblandi.






