12 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o`tkazildi.
Jarayonda, Suriya Arab Respublikasida terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan “Tavhid va jihod katibasi” halqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga qo`shilishni rejalashtirayotgan Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida yashovchi bir guruh shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Mazkur fuqarolar xorijda bo`lishi davomida Internet tarmog`i orqali terrorchilik tuzilmalari yollovchilarining ta`siriga tushib, yashash manzillariga qaytib kelgandan so`ng ushbu terrorchilik tashkilotining buzg`unchi g`oyalarini aholi orasida faol targ`ib qilib kelganligi aniqlangan.
Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda






