AsosiyJamiyat

O`zbekistonda diniy ta`lim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda diniy ta`lim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalariga  2021–2022 o`quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo`yicha o`tkazilishi rejalashtirilgan:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

  • Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
  • Arab tili (og`zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
  • O`zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabiga:

  • Hadis va Mustalahul hadis (og`zaki, ijodiy imtihon) 30 X 3,1 – 93 ball;
  • Arab tili (og`zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
  • O`zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O`rta maxsus diniy ta`lim muassasalariga:

  • Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
  • Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;
  • Ma`naviyat va ma`rifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

️Eslatib o`tamiz,  o`tgan 2020-2021 o`quv yilida pandemiya sabab O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus diniy ta`lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan 2 taga qisqartirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar