Toshkent shahar hokimligida 15 iyun kuni Xalq deputatlari yig`ilishida Bektemir tumaniga Tapil Mahamadziyoev hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani kengashining navbatdan tashqari o`ttiz to`qqizinchi sessiyasi bo`lib o`tgan. Sessiyada Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlash masalasi ko`rib chiqilgan.
Ta`kidlanishicha, sessiyada hozirgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta`minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i bo`lib ishlagan Tapil Mahamadziyoev Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi. Tapil Mahamadziyoev 1976 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy.