Samarqand viloyatida 14 iyul kuni issiq suv quvuri «Nexia-3» ustiga quladi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, 14 iyul kuni diametri 273 santimetr bo`lgan issiq suv quvuri «Nexia-3» mashinasi ustiga qulab tushib, mashinaning ustki qismini pachoq qilgan. Viloyat uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i Bahodir Negmatovning ta`kidlashicha, «Nexia-3» avtomobili haydovchisi mashinasini yo`lning o`rtasida qoldirgan. Buning oqibatida quvur mashina ustiga qulagan.
Shuningdek, issiqlik tarmoqlari 41 yildan beri almashtirilmagani ta`kidlangan. Shu bilan birga, Prezident qaroriga asosan, ushbu hududga Jahon banki tomonidan 30 million dollar mablag` ajratilishi rejalashtirilgan. Mablag` asosida hududdagi issiqlik ta`minotini almashtirish bo`yicha loyiha hujjatlari tayyorlangan.






