Avvalroq, iyul oyidan boshlab nafaqa va pensiya oshirilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, qonun hujjatlariga ish stajini hisoblashga oid ayrim o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Unga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab, pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to`g`risidagi ma`lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr – 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.






