AsosiyJamiyat

Bugun ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-38° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-26° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar