“Avto 60-oy” MChJ mansabdor shaxslari J.Baxodirov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko`rgan fuqarolarga etkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi. Bu haqda MIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda ishchi guruhlarga 2.144 nafar fuqaro murojaat qilib, o`zlariga tegishli hisob raqamlar xaqidagi ma`lumotlarni taqdim qilishgan.
Shuningdek, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va etkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o`tkazilishini eslatib o`tamiz.
Shu sababli, jamiyatdan jabr ko`rgan fuqarolarimiznnig aksariyati viloyatlarda yashashligini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga (dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) murojaat qilishlari so`raladi.
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga murojaat etish bo`yicha M A ` L U M O T
| T/R | Hududlar | Manzil | Telefon raqam |
| 1 | Andijon | Andijon shahri, 2-daha. | 74-226-30-66 |
| 2 | Buxoro | Buxoro shahri, H.T.Buxoriy ko`chasi 3-uy. | 65-221-55-33 |
| 3 | Jizzax | Jizzax shahri, Yangibo`ston ko`chasi 4-uy. | 72-227-07-95 |
| 4 | Qashqadaryo | Qarshi shahri, I.Karimov ko`chasi, 51A-uy. | 75-221-28-42 |
| 5 | Qoraqalpog`iston Respublikasi | Nukus shahri, Islom Karimov ko`chasi 118-uy | 61-222-84-88 |
| 6 | Navoiy | Navoiy shahri, G`alaba shoh ko`chasi, 176 B-uy. | 79-223-41-77 |
| 7 | Namangan | Namangan shaxri, S.Sheroziy 3-tor ko`chasi 5A-uy. | 69-228-82-76 |
| 8 | Samarqand | Samarqand shahri,Spitamen shoh ko`chasi, 270A-uy. | 66-221-78-24 |
| 9 | Sirdaryo | Guliston shahri, I.Karimov ko`chasi, 35-uy | 67-235-00-17 |
| 10 | Surxondaryo | Termiz shahri, Istiqlol ko`chasi 80-uy. | 76-227-32-13 |
| 11 | Toshkent shahar va Toshkent viloyati uchun | Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar ko`chasi 4-mavze, 68-uy. | 71-207-20-19 |
| 12 | Farg`ona | Farg`ona shahri, Ma`rifat ko`chasi 22-uy. | 73-244-09-06 |
| 13 | Xorazm | Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko`chasi, 53-uy. | 62-224-65-72 |






