AsosiyJamiyat

«Qadring baland bo`lsin, ona tilim» respublika tanlovi e`lon qilindi

'«Qadring baland bo`lsin, ona tilim» respublika tanlovi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ`ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab, “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” respublika tanlovi e`lon qilinadi.

Tanlov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Tanlov uchta yo`nalishda o`tkaziladi.

Birinchi  yo`nalishida –  “Davlat tili ustuvorligi ta`minlangan eng namunali hudud” mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

Ikkinchi yo`nalishda – “Davlat tilida ish yuritish yo`lga qo`yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

Uchinchi yo`nalishida – “O`zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” ilmiy tashkilotlar, oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalari qatnashadi.

Tanlov joriy yilning 10 iyunidan 10 sentyabriga qadar bo`lgan muddat oralig`ida o`tkaziladi va g`oliblar 21-oktyabr – O`zbek tili bayrami kuni arafasida e`lon qilinadi.

Tanlov g`oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, ularning davlat tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari respublikamiz miqyosida ommalashtiriladi. Tanlov haqidagi batafsil ma`lumot bilan www.til.gov.uz saytida tanishish mumkin. 

Tilimizning taqdiriga befarq bo`lmang va “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” respublika tanlovini ijtimoiy tarmoqlarda #qadribalandonatilim kalitso`zi bilan ommalashtiring.

    Boshqa yangiliklar