AsosiyJamiyat

"Yo`llarga issiq suv sachrashi mumkin". Hokimlik Toshkentda qariyb bir oy davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarida ta`mirlash bo`lishidan ogohlantirmoqda

'"Yo`llarga issiq suv sachrashi mumkin". Hokimlik Toshkentda qariyb bir oy davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarida ta`mirlash bo`lishidan ogohlantirmoqda'ning rasmi

“Toshissiqquvvati” DUKning xabar qilishicha, Toshkent shahrida 2021-2022-yillarda isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko`rish maqsadida, korxona tarafidan 2021 yilning 21iyunidan 16-iyuligacha issiq suv bo`yicha iste`molchilarni chegaralamagan holda, issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va zichliligi (yuqori bosimda) sinovdan o`tkaziladi.  

"Ish jarayonida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar bo`lishi mumkin. Yo`llarning qatnov qismiga va piyodalar yo`liga issiq suv sachrashi mumkin. Shu boisdan haydovchilar va piyodalar, ma`muriy va turar joy binolaridagi aholimizdan ehtiyotkor va e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz.

Noodatiy hollarni sezsangiz, (78) 129-01-85 telefoni orqali ma`lum qiling", - deya ogohlantirmoqda Toshkent shahar hokimligi. 

    Boshqa yangiliklar