Koronavirusdan kunlik kasallanishlar 350 nafarni tashkil qildi, 2 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 15 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104463 (+350) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-14 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-3 nafari Andijon viloyatida,
-11 nafari Buxoro viloyatida,
-16 nafari Jizzax viloyatida,
-8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-1 nafari Navoiy viloyatida,
-7 nafari Namangan viloyatida,
-24 nafari Samarqand viloyatida,
-4 nafari Sirdaryo viloyatida,
-36 nafari Surxondaryo viloyatida,
-6 nafari Farg`ona viloyatida,
6 nafari Xorazm viloyatida,
-41 nafari Toshkent viloyatida,
-173 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 100328 (+342) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 711 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3424 nafar bemor davolanmoqda.






