AsosiyJamiyat

1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

'1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi'ning rasmi

2021-2022 o`quv yili uchun umumta`lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro`yxatdan o`tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda XTV xabar bermoqda. 

"Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirishingiz mumkin.  

Eslatib o`tamiz, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi  va viloyatlar markazidagi umumta`lim maktablari uchun mavjud.  

Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig`imidan kelib chiqib, bo`sh o`rin mavjud bo`lgan taqdirda qo`shimcha o`quvchilar o`rni (kvota) ajratiladi.

Qabul jarayonlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar