AsosiyJamiyat

Namangan viloyat hokimi fuqarolar qabulini boshladi

'Namangan viloyat hokimi fuqarolar qabulini boshladi'ning rasmi

«Tashqarida turgan barcha kirsin.  Murojaati eshitilmagan,  masalasi ko`rilmagan kishi qolmasin»,  - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tadbirkorlar uchrashuvidan so`ng fuqarolarni qabulini boshladi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi xabar bermoqda. 

Uychilik Zuhraxon Xasanova o`z murojaatida farzandi Sanjarbek Yakubovni Qozog`iston Respublikasidan to`rt oydan beri yurtga qayta olmayotgani,  hujjatlarida muammo borligini ta`kidladi.  

Namangan shahrilik Maryamxon Orifjanova uy-joyga muhtojligini,  to`rt sotixlik xonadonda besh xo`jalik yashayotganligi aytib,  ko`mak so`radi.  

Viloyat rahbari shahar hokimligi mutasaddilariga murojaatchini uy-joyga ro`yxatga olishni,  boshlang`ich to`lovini homiylik mablag`lari hisobida to`lab berilishini ta`kidladi.  

"Qabul davom etmoqda" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar