AsosiyJinoyat

Rishtonda plastik raqamini begona shaxsga aytib pullaridan ayrildi

'Rishtonda plastik raqamini begona shaxsga aytib pullaridan ayrildi'ning rasmi

5 iyun kuni B.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 8 may kuni noma`lum shaxs bilan Telegram ijtimoiy tarmog`i orqali tanishib, Telegram profilidan “Hurmatli mijoz siz “Slick” ilovasidan faol foydalanganligingiz uchun 500.000 so`m pul mukofotini yutib oldingiz” deb, pullarni plastik raqami hisobiga o`tkazib berishini aytgan. Aldov yo`li bilan plastik karta raqamini olib, plastik kartasi hisobida bo`lgan 1.500.000 so`m pul mablag`larini boshqa plastik karta hisobiga o`tkazish orqali qo`lga kiritganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi v“” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.D. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar