AsosiyJamiyat

Buxoroda soxta Milliy gvardiya xodimi qo`lga olindi

'Buxoroda soxta Milliy gvardiya xodimi qo`lga olindi'ning rasmi

Vobkent tumani “G`aribshoh” mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan M.S. buxorolik B.M.ga o`zini Milliy gvardiya xodimi sifatida tanishtirib,  sodir etgan huquqbuzarligi yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga undan pul talab qiladi.  Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Kelishilgan pullarni Buxoro shahar A.Somiy ko`chasida joylashgan “Rahmatillo” savdo do`koni oldida olayotgan vaqtida huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan M.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar