AsosiyJinoyat

Surxondaryolik fuqaro uy omborxonasida 14 tup nasha etishtirayotgani aniqlandi

'Surxondaryolik fuqaro uy omborxonasida 14 tup nasha etishtirayotgani aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 6 may kuni soat 11.30 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Xayrondara” mahallasi hududida o`tkazilgan tadbir davomida giyohvand modda bilan bog`liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, shu mahallada yashovchi, M.Odilning yashash uyi, tomorqasi va yordamchi xo`jaliklari ko`zdan kechirilganida, yashash uyi omborxonasidan 14 tup “nasha” o`simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan 22 may kuni Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar