AsosiyJamiyat

Olmaotadan Samarqandga amalga oshiriladigan aviaparvozlarga aksiya e`lon qilindi

'Olmaotadan Samarqandga amalga oshiriladigan aviaparvozlarga aksiya e`lon qilindi'ning rasmi

4-iyundan 30-iyunga qadar Olmaotadan Samarqandga arzonlashtirilgan narxlardagi ekonom va biznes klass uchun reklama tariflari amal qiladi.

Olmaota – Samarqand biznes klassiga aviachipta narxi – 1 604 171 so`m, ekonom klass – 654 225 so`m. Olmaota-Samarqand-Olmaota yo`nalishidagi biznes klass aviachiptasi narxi – 3 242 488 so`mni, ekonom klass esa 1 448 145 so`mni tashkil etadi.

Shuni ta`kidlash joizki, reklama tariflari bagaj tashish me`yorini ko`zda tutadi, ya`ni – ekonom klass uchun – 23 kg dan ortiq bo`lmagan 1ta joy, biznes klass uchun esa og`irligi 32 kg dan ortiq bo`lmagan 1ta o`rindiq joyi. Reklama tariflari doirasida chiptalarini boshqa turdagi tariflar bilan kombinasiya qilish ta`qiqlanadi. Ko`rsatilgan tariflar doirasida bolalar uchun chegirmalar qo`llanilmaydi.

Yuqorida ko`rsatilgan tariflar bo`yicha sotilgan aviachiptalarni qaytarish imkoniyati mavjud emas.

Aviachiptani qayta rasmiylashtirish esa faqat biznes klass tariflari uchun taqdim etiladi. Ekonom klass tarifiga ko`ra, aviachiptani qayta rasmiylashtirish mumkin emas.

Narxlar, O`zbekiston Respublikasi MB kursi bo`yicha 10.06.2021-yil holatiga ko`ra amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar