Toshkent davlat stomatologiya institutiga Janubiy Qozog`iston tibbiyot akademiyasi delegasiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati ma`lum qildi.
Ushbu tashrifdan maqsad hamkorlikni yanada rivojlantirish, institutda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan amaliyotda tanishishdir.
Muloqot mobaynida Sog`liqni saqlashda kadrlarni tayyorlash, innovasion va ilg`or tajriba almashinish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Janubiy Qozog`iston tibbiyot akademiyasining birinchi prorektori, professor M.Esirkepov rahbarligidagi delegasiya tomonidan stomatologiya va farmasiya yo`nalishidagi o`quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, ilmiy va klinik ishlar, magistratura va doktorantura faoliyatiga bog`liq masalalar muhokama etildi.
O`zaro hamkorlikni kelgusida ham davom ettirish, aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga kelishib olindi.






