AsosiyJamiyat

Bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash uchun kuzatuv o`tkazilmoqda

'Bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash uchun kuzatuv o`tkazilmoqda'ning rasmi

 Mamlakatimizda joriy yilning 5 aprelidan 31 iyuliga qadar davom etadigan bolalar va ayollarning salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning ta`lim olish darajasi, bolalarning sog`lom va jismoniy rivojlanishlari kabi ko`plab ma`lumotlarni o`zida jamlaydigan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) o`tkazilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lum qilmoqda. 

MICS kuzatuvlari Davlat statistika qo`mitasi hamda BMTning Xalqaro bolalar jamg`armasi YuNISEF tomonidan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

️MICS kuzatuvini o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad — aholining yashash sharoitlari to`g`risidagi ma`lumotlarni, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo`lgan ayollar bilan o`tkazilgan so`rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo`lgan bolalar to`g`risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma`lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi va jinsi bo`yicha to`plangan barcha ma`lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Kuzatuv jarayoni O`zbekiston bo`yicha tanlab olingan 726 ta mahallada joylashgan 14 520 ta uy xo`jaliklarida, joylarga chiqilib, respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko`rinishda savolnomalarni to`ldirish orqali ma`lumotlar yig`iladi.

    Boshqa yangiliklar