AsosiyJamiyat

Jizzaxda mast erkak pochchasini pichoqlab, o`ldirishga urindi (video)

'Jizzaxda mast erkak pochchasini pichoqlab, o`ldirishga urindi (video)'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 13 iyun kuni mast erkak pochchasini pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea Sharof Rashidov tumani Yakkaqayrag`och mahallasida soat 12:00 atrofida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, ushbu mahallada yashovchi erkak mast holda pochchasini o`ldirishga uringan.

Shuningdek, mast erkak o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan uning qorin sohasiga bir marta sanchib olgani aytilgan. Ta`kidlanishicha, jabrlanuvchi hodisa oqibatida chap biqin va chap qo`l bilak sohasi kesilgan jarohati bilan jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. 

Boshqa yangiliklar