O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish uchun chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021-yil 18-iyundan boshlab haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarni bekor qilindi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag`larini qaytarib olish taklif etiladi.⠀
"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz"– deyiladi kompaniya axborotida.






