AsosiyJamiyat

Urgutda ham "Hizb ut-Tahrir" terroristik tashkiloti a`zolari qo`lga olindi

'Urgutda ham "Hizb ut-Tahrir" terroristik tashkiloti a`zolari qo`lga olindi'ning rasmi

Camarqand viloyati DXX va IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan 6 nafardan iborat "Hizb ut-Tahrir" terroristik tashkiloti a`zolarining g`ayriqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ular orasida muqaddam mazkur terroristik tashkilot g`oyalarini targ`ibot qilganligi bois jinoiy jazoga mahkum etilgan shaxslarning borligi aniqlandi.  

Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida ushbu shaxslarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, bundan avval, Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari ta`siriga tushib, ular safiga borib qo`shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxs qo`lga olingan edi. Shuningdek, kecha, 16 iyun kuni Sirdaryoda ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar a`zolarining ta`siriga tushib, radikal g`oyalarni targ`ib qilish bilan shug`ullanib kelgan 20 nafar fuqaro qo`lgan olingan.

    Boshqa yangiliklar