AsosiyJamiyat

Takroriy ekin ekish hisobidan 2,8 mln yangi ish o`rni yaratiladi — Qishloq xo`jaligi vaziri

'Takroriy ekin ekish hisobidan 2,8 mln yangi ish o`rni yaratiladi — Qishloq xo`jaligi vaziri'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vaziri J.Xodjaev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati tumanlarida bo`lib, g`alladan bo`shagan maydonlarga takroriy ekin ekish bilan bog`liq masalalar yuzasidan fermerlar, mutaxassislar, aholi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning Axborot xizmati ma`lum qildi.

- Joriy yilda 811 ming gektar g`alladan bo`shagan maydonlarga takroriy ekin ekish hisobidan 2,8 mln ish o`rni yaratish rejalashtirilmoqda. Shu o`rinda ta`kidlashimiz kerakki, Prezidentimiz tashabbusi bilan yil boshida 233,3 ming nafar yoshlarni qishloq xo`jaligida ish bilan ta`minlash orqali oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish uchun 65,1 ming gektar maydonlar ajratib berilgan edi. Bugungi kunga kelib ushbu yoshlar o`rtacha 15-20 mln so`mdan daromad olishga erishdi, o`z tengdoshlari va oila a`zolarini ish bilan ta`minladi, deya ta`kidladi vazir J.Xodjaev.

Er maydonlarini ajratish jarayonini adolat mezonlari asosida to`g`ri va shaffof tashkil etish maqsadida respublika, viloyat va tuman ishchi guruhlari tashkil etilib, mahallabay asosida er ajratiladigan 2,8 mln nafar fuqarolarning manzilli ro`yxati shakllantirildi.

Shuningdek, tumanlarda ekinlarni ekish uchun er tayyorlash, ekish, talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini etkazib berish, agrotexnik tadbirlarni sifatli o`tkazish, etishtiriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg`arish, ichki va tashqi bozorga etkazib berishni tashkil etish bo`yicha ishchi guruhlar tuzilib, er ajratilgan fuqarolarga ko`maklashib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar