“Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra:
➖ har bir bolalar-o`smirlar sport maktabida (kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda) kamondan otish seksiya va bo`limlari tashkil etiladi;
➖ har bir olimpiya zaxiralari kollejida (kelgusida yangi tashkil qilinadigan kollejlarda) kamondan otish bo`limlari ochiladi;
➖ 2022/2023 o`quv yilidan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish ta`lim yo`nalishi ochiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan:
- kamondan otish sport turi bo`yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning uch bosqichli tizimi joriy etiladi;
- har yili an`anaviy tarzda kamondan otish sport turi bo`yicha:
● Toshkent shahrida “Alpomish va Barchinoy” xalqaro turniri tashkil etiladi;
● Samarqand shahrida ayollar o`rtasida “To`maris kubogi” xalqaro turniri o`tkaziladi;
● Buxoro, Qo`qon, Samarqand va Xiva shaharlarida “Turizm va kamondan otish haftaligi” tashkil etiladi.
Qarorga ko`ra shuningdek, 2022–2024 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi bo`yicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalari (14 ta) tashkil etiladi.