Ayni paytda Andijonda davom etayotgan faollar yig`ilishida ma`lum qilinishicha, 2022 yil 1 martdan boshlab Andijon shahri tarkibida “Yangi Andijon” tumani tashkil etiladi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Yangi Andijon” hududiga tezkor transport qatnovini tashkil qilish maqsadida bir oy muddatda taklif kiritadi. Bosh vazirning birinchi o`rinbosari Ochilboy Ramatov va qurilish vaziri Botir Zokirovlar esa uch oy muddatda Toshkent shahrida va Andijonda Turkiyaning tajribali loyiha kompaniyalari filiallarini tashkil etib, mutaxassislarni o`qitish ishlarini yo`lga qo`yadi.
“Yangi Andijonda “Damas” bo`lmaydi. U erda er usti yoki er osti metrosini qurish bo`yicha hisob-kitoblar qilinadi. Ma`qulini quramiz”, - dedi davlat rahbari.






