AsosiyJinoyat

Namanganda 1 million so`mlik go`sht mahsulotini o`g`irlagan shaxs ushlandi

'Namanganda 1 million so`mlik go`sht mahsulotini o`g`irlagan shaxs ushlandi'ning rasmi

14 iyun kuni, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 13 iyun kuni soat 02:00 dan soat 03:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs, To`raqo`rg`on tumanida joylashgan oziq-ovqat do`koniga eshik oynasini buzish yo`li bilan kiranini ma`lum qildi. Savdo do`konidan umumiy narxi 1.000.000 so`mlik kolbasa mahsulotlarini hamda kuzatuv kamerasini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyun kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar