Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Ulug`bek Daulanov ma`lum qildi.
Keltirilishicha, davlat xaridlariga oid tahlillarga ko`ra, 2020 yilda Respublika bo`yicha byudjet va boshqa buyurtmachilar tomonidan 1 milliondan ortiq bitimlar bo`yicha 124 trillion so`mlik davlat xaridlari amalga oshirilgan.
Ulardan 1774 tasi yoki 158,9 mlrd so`mlik bitimlar Qonun talablariga rioya qilinmagan holda tuzilgani hamda 40 ta holatda 73,3 mlrd so`mlik qonunbuzilish holatlari bo`yicha tergov organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi ta`minlandi.
Farmonga muvofiq 2021 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari, shu jumladan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlar, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshiruvchi komissiyaning tasdiqlangan a`zolari to`g`risidagi ma`lumotlar o`z rasmiy veb-saytlari va Ochiq ma`lumotlar portaliga joylashtirib, ularni har chorakda yangilanib borishlari belgilanmoqda.






