Bugun prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tgan Andijon faollari yig`ilishida izboskanlik Umida Usmonova unvon olish sharafiga hamda foizsiz kredit olish imkoniyatiga ega bo`ldi.
“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning ma`lum qilishicha, buning sababi Umidaxon Usmonova o`z xonadonida etarli sharoit yo`qligiga qaramasdan, hattoki uyining mehmonxonasida ham parranda boqib, aholiga tarqatib kelmoqda. Bugungacha u aholiga 23 ming bosh xonaki tovuq tarqatib, mahalladagi kambag`allik bilan kurashishga xizmat qilgan.
Tadbirkor ayolning “Urganji” mahallasida qilgan ishlari uchun Mikrokreditbank tomonidan unga 5 milliard so`m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.
“Yana bir alohida sovg`amiz bor – hozir sizlarning ko`z oldingizda Umidaxon singlimga “Mehnat shuhrati” ordeni topshiraman”, - dedi prezident. Shuningdek, davlat rahbari Umida Usmonovani boshqa tadbirkorlarga o`rnak qilib ko`rsatdi.






