2021 yil 15 iyun kuni soat 18:30 larda, Chortok-Hazratishoh yo`lining 29 km.da, Chortoq tumani Baliqko`l MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yulni kesib o`tayotgan piyoda, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog`ida yashagan, 2014 yilda tug`ilgan qizni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyun kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






