Joriy yilning 4 iyulidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Tbilisi - Toshkent yo`nalishi bo`yicha yakshanba kuni qo`shimcha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.
Aviachipta narxlari:
- Toshkent – Tbilisi 2 340 000 so`mdan boshlanadi.
- Toshkent – Tbilisi – Toshkent 4 070 000 so`mdan boshlanadi.
Yakshanba kunidagi yangi aviaqatnovning uchish vaqti:
- Toshkentdan uchish: 08:10
- Tbilisiga kelish: 10:30
- Tbilisidan uchish: 11:30
- Toshkentga kelish: 15:30






