Qo`qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va shahar prokurori Ulug`bek Hamdamov 19-davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan shahmat turnirida ishtirok etdilar. Bu haqda Qo`qon shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, sektor rahbarlari va bolalar o`rtasida o`tkazilgan shaxmat partiyalarida xokim va prokuror jajji grossmeysterlar bilan jangovar durang natijalarga erishdilar.Sektor rahbarlari bolalar bog`chasida yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha tashkil etilgan Beshta muhim tashabbus to`garaklari ko`rgazmasi bilan ham tanishdilar. Marufjon Usmonov, ayniqsa hunarmandchilik to`garagiga katta qiziqish bildirib, bolalar bilan birga loydan o`yinchoq yasashgan.
Shuningdek, bolalarni sog`lom turmush tarzi, sog`lom ovqatlanishga o`rgatish maqsadida tashkil etilgan targ`ibot stendini ko`zdan kechirgan sektor rahbarlari, shu erdagi fitobarda tayyorlangan shifobaxsh damlamadan tatib ko`rganlar.






