AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`iga yangi, oq rangli sher bolalari olib kelindi

'Toshkent hayvonot bog`iga yangi, oq rangli sher bolalari olib kelindi'ning rasmi

Joni va Jenni laqabli ikkita sakkiz oylik oq sherchalar bizning yangi jonivorlarimizga aylanishdi. Ular boshqaruvchi kompaniyamiz «Wildlife care» tomonidan JAR (Afrika) dan olib kelindi. 

⠀ Ma`lumot uchun, oq sher – bu sherlarning alohida turkumi emas, balki «leykizm» nomi ostida ma`lum bo`lgan mutasiya natijasidir. Juda kam uchraydi, ularni faqat Janubi-Sharqiy Afrikada yashovchi  afrika sherlarining «Panthera leo krugeri» nomli transvaal ost turkumi orasida uchratish mumkin.  Ular albinos emaslar. Ularning chiroyli ko`zlari va terisi normal tusda.Rangi ko`zga tashlanadigan bo`lgani uchun yovvoyi tabiat qo`ynida yashash ular uchun juda murakkab masala va bu ov qilishda halaqit beradi. Ular boshqa yirtqichlar va brakonerlarning o`ljasiga osongina aylanishadi. Butun dunyo bo`yicha ularning soni atigi 300 taga etadi, shuning ham katta qismi hayvonot bog`larida.Bizning oq sherchalarimiz esa volerimizga chiqarib yuborildi. Momiqvoylarimiz soni ko`payganidan biz juda mamnunmiz. Bunday noyob jonivorlarni asrab qolish va ularga g`amxo`rlik qilish esa biz uchun katta sharaf.  Keling va bizning yangi jonivorlarimiz bilan birinchilardan bo`lib tanishing.

    Boshqa yangiliklar