Buxoro shahar IIOFMB mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida o`tkazilgan tadbirda, Piridastgir ko`chasida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan uy bekasi M.S., o`zi istiqomat qilib kelayotgan xonadonida erkak va ayolning jinsiy aloqada bo`lishi uchun shart-sharoit yaratib, buning evaziga 40.000 so`m pul olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






