Samarqand viloyatidan Z.X oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Rossiyaning Chelyabinsk shahriga ishlash maqsadida ketgan. Fuqaro Z.Xning ijtimoiy tarmoqlar orqali uysiz va pulsiz, voyaga etmagan farzandlari bilan qiyin ahvolda qolganligi, shunga ko`ra Vatanga qaytishga yordam so`ragan murojaati tarqaldi.Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ushbu fuqarolar bilan aloqa o`rnatilib, vaqtincha yashash joyi (xostel)ga joylashtirilgan. Fuqaroning 2 nafar farzandiga O`zbekistonning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berilgan.
Shuningdek, 18 iyun kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Ekaterinburg-Samarqand yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytarildi.






