Axborot va ommaviy kommunikasiyala agentligida Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori Alibek Karimov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Unda “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni hamda Biznes Ombudsmanning Toshkent shahridagi xodimlari faoliyati haqida ma`lumotlar berildi.
Biznes Ombudsmanning Toshkent shahrida faoliyat ko`rsatuvchi xodimlari tomonidan 400dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ularning 380tasi ko`rib chiqilgan.
Ko`rib chiqilgan murojaatlarning 92tasi vakolatli organlarga taalluqligi bo`yicha yuborilgan 120tasi qanoatlantirilgan, 168 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Masalan, Vakil devoni xodimlariga joriy yilning aprel oyida tadbirkor Toshkent shahar hokimligi tomonidan buzilgan ob`ekti uchun konpensasiya to`lab berilmayotganligidan norozi bo`lib murojaat qildi. Mazkur murojaatni o`rganish natijasiga ko`ra sudga da`vo ariza kiritildi va sud qaroriga Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 4 mlrd so`m undirilishi belgilandi.
Shuningdek, ko`rib chiqilgan murojaatlar natijasida bugungi kunda 110dan ortiq ta`sir choralar ko`rilib shundan huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxslarning 80tasiga MJtKning tegishli moddalari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tadbirkorlar manfaatini ko`zlab sudlarga 4 592 651 ming so`mlik 9 ta da`vo ariza va shikoyatlar kiritildi.
️Tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolarni, tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan, oilaga, mehnatga doir va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishga taalluqli shikoyatlar Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakilning ko`rib chiqish doirasiga kirmaydi.