AsosiyJamiyat

Samarqandda Lasetti yonib ketdi. Yong`in sabablari noma`lum

'Samarqandda Lasetti yonib ketdi. Yong`in sabablari noma`lum'ning rasmi

Bugun, 18 iyun kuni Samarqand viloyati FVB ga soat 16:30da Samarqand shahar “Rudakiy” ko`chasida fuqaro B. A. ga tegishli bo`lgan “Lasetti” avtomashinasida yong`in sodir bo`lganligi haqida xabar berilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB ma`lumot berdi.

Olingan xabarga asosan yong`in joyiga Yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:35da etib etib borib, tezkor harakatlar natijasida soat 16:41da o`chirilgan. 

Yong`inda jaroxat olganlar yo`q.

Yong`inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar