AsosiyJamiyat

Yil boshidan beri 25 774 nafar kishi koronavirusdan sog`aydi

'Yil boshidan beri 25 774 nafar kishi koronavirusdan sog`aydi'ning rasmi

Pandemiya boshlangandan buyon SSV Matbuot xizmati yurtimizda koronavirusdan sog`ayish bilan bog`liq kunlik statistik ma`lumotlarni e`lon qilib kelmoqda. Unga ko`ra, 2021 yil 1 yanvargacha 75 244 nafar fuqaro koronavirusdan sog`aygan bo`lsa, 2021 yil 17 iyun holatiga ko`ra, 101 018 nafar bemor kasallikdan tuzalganini ko`rish mumkin. Yil boshidan beri, o`tgan besh oy ichida 25 774 nafar fuqaro infeksiyadan forig` bo`lgan.

Hududlar kesimida yil boshidan beri koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi quyidagicha:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 404 nafar,

Andijon viloyatida 535 nafar,

Buxoro viloyatida 442 nafar,

Jizzax viloyatida 494 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 361 nafar,

Navoiy viloyatida 193 nafar,

Namangan viloyatida 479 nafar,

Samarqand viloyatida 2776 nafar,

Sirdaryo viloyatida 325 nafar,

Surxondaryo viloyatida 292 nafar,

Farg`ona viloyatida 584 nafar,

Xorazm viloyatida 493 nafar,

Toshkent viloyatida 3598 nafar,

Toshkent shahrida 14 798 nafar nafar yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi.

    Boshqa yangiliklar