Ma`lumki jismoniy shaxslar tomonidan yurtimizga o`z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to`lovlarisiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo zargarlik buyumlarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro R.T.ning qo`l yuklari xolislar ishtirokida o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, ushbu shasxning yuklari orasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan, og`irligi 314 gramm bo`lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Xozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






