AsosiyJamiyat

Oqdaryo tumani hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Oqdaryo tumani hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Oqdaryo tumani hokimi birinchi o`rinbosari lavozimiga Ashurov Elyor Isakovich tayinlandi. Bu haqda Muxbir.uz ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, Ashurov Elyor Isakovich 2021 yil mart oyida Samarqand bandlik bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ish boshlagan. Unga qadar viloyat hokimining birinchi o`rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat olib borgan.

E.Ashurov ham Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan, 2014 yilgacha xususiy korxonada hisobchi va Oqdaryo tuman hokimligida ham ishlagan.

    Boshqa yangiliklar