Yurtimizda koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,8 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
18 iyunda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 47235 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 20103 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 14170 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 12962 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 2832571 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 1685128 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1042441 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 105002 nafarni tashkil qildi.
18 iyun kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
Farg`ona viloyati (5359 doza),
Surxondaryo viloyati (5301 doza),
Namangan viloyati (5235 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
Farg`ona viloyatida 335758 doza,
Namangan viloyatida 327762 doza,
Andijon viloyatida 322959
dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.






