Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zafarobod tumani bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildt.
Unda, fuqaro A.J. ukasi M.J. rahbarligidagi fermer xo`jaligining 10 gektar er maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 10 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






