AsosiyJinoyat

Marg`ilonda 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo`lgan avtomaktab ustasi ushlandi

'Marg`ilonda 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo`lgan avtomaktab ustasi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg`ilon shahar bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazdi.

Unda, “P.A.” MChJga qarashli avtomaktab katta ustasi T.X. fuqaro N.ga o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar